alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

«Stop diabet» tadbiri o‘tkazildi

10:50 13.06.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti  gospital terapiya kafedrasi tashabbusi bilan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 -yil 19- apreldagi PQ — 4295 sonli qarori asosida ishlab chiqilgan  “2019-2021- yillarda Respublika aholisiga endokrinologiya  yordamini ko‘rsatishni takomillashtirish Milliy dasturi” ni amalga oshirish maqsadida  “Andijon tibbiy diagnostika”    markazi bilan hamkorlikda  qandli diabet kasalligi  hamda  prediabetni  erta bosqichda aniqlash maqsadida 2019- yil 13- iyun kuni Andijon tibbiy diagnostika markazida  bepul profilaktik tibbiy tekshiruvlar o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik davomida kafedra mudiri Sh.Yusupova, katta o‘qituvchi X.Chartakova, assistent V.Muxamedova  hamda  endokrinologiya yo‘nalishi klinik ordinatorlari tomonidan ko‘plab fuqarolar tekshiruvdan o‘tkazildi.

So’rovnoma orqali xavf guruhidagilar ajratib olindi hamda ularda  qonda qand miqdori bepul tekshirildi, natijalarga asosan ularga  kerakli maslahatlar berildi.   

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!