Andijon davlat tibbiyot insituti Fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi xodimlari va pediatriya fakulteti 413-, 416-guruh talabalari Andijon shahridagi 24-umumta’lim maktabda 1-dekabr – “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni”ga bagishlab “OITS — asr vabosi” nomli tadbir o’tkazishdi.
Maktabning 10-, 11-sinf o’quvchilari ishtirok etgan tadbir davomida talabalar ushbu fojeaviy kasallikka oid taqdimot va videorolik namoyish etib, OIV infektsiyasi va OITSni dunyo bo’yicha tarqalishi, yuqish yollari, klinik bosqichlari, oldini olish va davolashga oid yangi ma’lumotlar bilan tanishtirdilar.
O’quvchilarni ushbu kasllikka oid bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Bilimlar daraxti” nomli qiziqarli o’yin o’tkazildi va savollarga tog’ri javob bergan o’quvchilar sovg’alar bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari, o’quvchilar o’zini qiziqtirgan ko’plab savollariga javoblar olishdi.
Tadbir yakunida bitiruvchi sinf o’quvchilarini kasbga yonaltirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot insituti haqida videorolik ham namoyish etildi va tibbiyot sohasiga qiziqqan o’quvchilarga kerakli ma’lumotlar yetkazildi.