2018-yil 25-dekabr kuni Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi professori Odiljon Salohiddinov pediatriya fakultetining 4-kurs talabalari yashaydigan Andijon shahrining shimoliy kichik dahasidagi 1-a uyning 33-xonadonida bo’ldi.
U yerda talabalarning yashash sharoitlari, qo’ni — qo’shnilar bilan aloqalarini o’rgandi. So’ngra talabalar bilan sog’lom turmush tarzi, mehr – oqibat, odamiylik va vatanparvarlik mavzularida suhbat uyushtirdi.
Talabalar savollariga batafsil javob berdi.