Andijon davlat tibbiyot institutda joriy yilning aprel oyida “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ga bag‘ishlangan “Ichki kasalliklar dolzarb muammolari” mavzusida yosh olimlarning respublika ilmiy-amaliy videokonferensiyasi o‘tkaziladi.
Ilmiy-amaliy videokonferensiya doirasida “Ichki kasalliklar dolzarb muammolari” mavzusida to‘plam chop ettiriladi. To‘plam uchun o‘z maqola va tezislaringizni 5 martdan 5 aprelga qadar ADTI Ilmiy bo‘limiga topshirishingiz mumkin.
Qadrli talabalar va yosh olimlar, respublika ilmiy-amaliy videokonferensiyada faol qatnashing va g‘olib bo‘ling!
Tashkiliy qo‘mita