Talabalar yozgi amaliyoti bo‘yicha yakuniy nazorat o‘tkazildi — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Talabalar yozgi amaliyoti bo‘yicha yakuniy nazorat o‘tkazildi

11:14 03.07.2019

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy  ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi  Nizom»ga asosan davolash, pediatriya, stomatologiya fakultetlari, kasb ta’limi (davolash ishi), tibbiy profilaktika, farmatsiya va OHI  yo‘nalishlari talabalarining o‘quv reja asosidagi yozgi ishlab chiqarish amaliyotini faol o‘tkazib kelinmoqda.

Talabalar amaliyoti Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari SSB bilan tuzilgan shartnomalarga asosan 87 ta DPMlar va joylarda faoliyat olib borayotgan 42 ta tibbiy texnik jihozlanishi yuqori bo‘lgan davlat xususiy sherikchiligidagi davolash profilaktik muassasalarda o‘tkazilmoqda.

Davolash, pediatriya fakultetlari va kasb ta’limi yo‘nalishi 5-kurs talabalari UASH yordamchisi vazifasi bo‘yicha 140 soat amaliyot soatlarini o‘tab bo‘lgan talabalar yakuniy nazorati viloyatlar SSB etakchi mutaxassislari va institut-professor o‘qituvchilaridan iborat hay’at tomonidan amaliy ko‘nikmalardan tuzilgan savollar asosida OSKE usulida o‘tkazildi.     

Skip to content Click to listen highlighted text!