alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Talabalarimiz mas’ul lavozimlarda yaxshi ish olib borishmoqda

17:50 31.01.2020

Xabaringiz bor, «Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi doirasida viloyat hokimining o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari vazifasiga o‘n kun muddatga yoshlar vakillaridan mas’ullar tayinlangan. Bu loyiha anchagina shov-shuvga sabab bo‘ldi. Lekin “shov-shuvchilar” yoshlarning dadil qadamlaridan “mamnun” bo‘lishdim, har holda yoshlarga “tosh otmay” qo‘yishdi. Yoshlarimiz ham o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlash maqsadida yanada dadillik, e’tiborlilik bilan ish olib borishmoqda.
Andijon davlat tibbiyot instituti talabalaridan Ulug‘nor tuman hokimi lavozimiga saylangan yosh hokim v.v.b Sh.Sapioxunov tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Jabborova, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon viloyati Bo‘ston tumanlararo sudi raisi S.Yulchiyeva, tuman “Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.Vohidova, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda milliy qadriyatlarni mustaxkamlash masalalari bo‘yicha mahalla mutaxassislari va boshqa bir qator mas’ul rahbarlar bilan hamkorlikda tumandagi 21 nafar ajrim yoqasida turgan oilalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida 21 nafar ajrim yoqasida turgan oilalarning 11 nafari yarashtirildi va oilalari saqlab qolindi. Ulug‘nor tuman hokimi lavozimiga saylangan yosh hokim v.v.b Sh.Sapioxunov: “Yarashish taklifini birinchi bo‘lib aytgan insonni ojiz deb o‘ylamang, balki bu uning buyukligidandur!”, — dedi yig‘ilganlarga.

Mas’ul lavozimlarda ish olib borayotgan qizlarimiz ham anchagina faollik ko‘rsatishmoqda.  16-Olimbek saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat kengashiga saylangan deputat D.Dadahonova Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov tomonidan biriktirilgan yosh deputat  Durdona Shavkatbekova bilan birgalikda joylardagi muammolarni o’rganish maqsadida ijtimoiy soha obyektlari va aholi xonadonlarida bo’lishib,bir qator muammolarni o’rgandilar.

Jumladan, Xalfachek MFY hududidagi 21-, 53-maktablar, Polvonko’l MFY hududida joylashgan 10-umumiy o’rta talim maktabidagi muammolar o‘rganildi, uyushmagan yoshlar bilan suhbat o’tkazildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so’rovi yuborilishi rejalashtirildi. Shuningdek, Baliqchi tumani Mumtoz MFY da yashovchi bemor Buoysha Nurmatova, Shahnoza Soliyeva holidan habar oldilar. Charag’on MFYda yashovchi uyushmagan yoshlar bilan uchrashuvlar o’tkazdilar va sport to’garaklari tashkil etish bo’yicha MFY raisi X.Norqo’ziyev bilan ish tashkil etdilar.
Yosh deputat Fayzullo Xodjimatov O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Andijon viloyati Kengashi raisi A.A.Nurmatov bilan birga juda hayrli ishlarni amalga oshirmoqda.

Fayzullo shahar hududini obodonlashtirish, chiqindixonalarni tartibga keltirish, aholi xududlardagi kamchiliklarini bartaraf etish borasida bir qator ishlarni amalga oshirdi. Uyushmagan yoshlarni bilan suhbatlashib ularni shanba kuni Andijon olimpiya zahiralari kollejida o‘tkaziladigan “Mehnat yarmarkasi”ga taklif qildi.

Yosh deputat “Ishchilar” MFY raisi ish faoliyati bilan tanishdi, 7-maktabda bo‘lib sport arenasi qurish borasida o‘z takliflarini bildirdi. 5-maktabgacha ta’lim muassasasida bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaxshiligini ko‘rib juda xursand bo‘ldi.

Fayzullo mahallalarda keksalar bilan suhbatlashib ularning duolarini oldi.


O‘zbekiston Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Lebiral demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi Sarvarbek Yo’liboyev Kuyganyor MFY hududida deputat va fuqarolar uchrashuvi tashkil etdi. Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni tingladi, joyida hal bo’ladigon muammolar shu zahotiyoq hal etdi. Yechimini topmagan muammolar esa tegishli muassasalar rahbarlariga taqdim etildi va tez kunlarda hal etilishi kelishib olindi.

Shundan so‘ng, Aholini qiynab kelanayotgan muammolar yuzasidan O’rta-qishloq MFY Ijodkor ko’chasiga tashrif buyirildi. Urganji MFYda joylashgan 26-maktabgacha talim muassasasida bo’ldi. Tashrif davomida bartaraf etilishi kerak bo’lgan muammolar bo’yicha tegishli tashkilotlarga ma’lum qilindi.

Talabalarimiz mas’ul lavozimlarda yaxshi ish olib borishmoqda. Biz ularga ishonamiz va ulardan yangi-yangi yutuqlar kutamiz.

ADTI axborot xizmati

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!