alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Talabalarning onlayn muloqotlari guruh murabbiyi Gavharoyning e’tiborida

11:27 24.04.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Gavharoy Minavarova yoshlarning ma’naviyatini yanada boyitish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida mamlakatmiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muxim tashabbus ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda. U o‘zi rahbarlik qilayotgan davolash fakulteti 108-guruh bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni onlayn ravishda muntazam olib bormoqda.

G.Minavarovaning murabbiyligida talabalar masfaviy ta’lim dasturida bilimlarini oshirishlari bilan birga o‘z iste’dodlarini ham sayqallab bormoqdalar.


Jumladan, Oydinoy Odilova chevarchilik bilan, Azizxon Izatullaev kompyuter savodxonligi, Asadbek Tojiboev jismoniy tarbiya, Ayubxon Tojiev dutor chertishda, Kamola Solieva esa kitobxonlik bo‘yicha onlayn aloqa orqali guruhdoshlariga ham ko‘mak berimoqdalar.


Talabalarning onlayn muloqotlari esa murabbiy G.Minavarovaning doimiy e’tiborida.

Xilola Ikramova

 

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!