alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Tanishing, Respublika fan olimpiadasi g‘oliblari. Javohir  Axmadjonov: "Barcha talabalarga omad tilayman!”

12:01 30.06.2020

Men Andijon davlat tibbiyot institutida o‘qishni yoshligimdan orzu qilardim va bu oliy gohi talabasi bo`ldim.
Shu oliygohda o`tgan  5 yil umrim davomida  ko`plab fan olimpiadalari va konferensiyalarda ishtirok etdim.  Jumladan ustozim Saloxiddinov Sarvar  Zaynobiddinovich   bilan boshlagan dastlabki ishim 2018-yil  20-21 sentyabr kunlari Farg`ona  Davlat  Universitetida ModeHEd —  “Modernizing health edication  in  universities” ERASMUS + dasturi doirasida  bo`lim o`tgan xalqaro konferensiya bo`lgan. Bu xalqaro konferensiyada “ПРИМЕНЕНИЕ НОВЫХ ЛАЗЕРНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В КОНСЕРВАТИВНОМ ЛЕЧЕНИИ  ДЕМПИНГ-СИНДРОМА”  mavzusidagi ilmiy ishimizni   natijalarini  e`lon qilgandik.

Bu yilgi pandemiya vaqtida   onlayn   olimpiada juda qulay bo`ldi va   kelajakda o`zim tanlagan   kasb — hirurgiya fani bo`yicha onlayn   olimpiada qatnashdim va  faxirli 3-o`rin sovrindori bo`ldim. Bu yutuqqa erishimga sababchi bo’lgan ustozlarim Sarvar Salohiddinov va Dilmurod Suyunovlarga alohida minnatdorchilik bildiraman.
Olimpiada 3-o`rin egallashim bilan kelajakda yanada o`z ustimda ishlashim kerak ekanligini bildim.  Kelajakda bundanda yuqori o`rinlarni egallashim uchun bu dastlabki qadam deb xisoblayman.
Barcha talabalarga omad tilayman!

 Javohir  Axmadjonov

ADTI davolash fakulteti 5 – bosqich.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!