O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 5 — maydagi PQ- 2956-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2018- yil 5- iyundagi PQ- 3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Andijon davlat tibbiyot instituti va Andijon mashinasozlik instituti bilan Koreyaning Tegu universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan tibbiyot injeneriyasi bo‘yicha institutlararo magistratura tajribaviy dasturi asosida 2018-2019 — o‘quv yilidan boshlab sog‘liqni saqlash tizimi uchun tibbiyot muhandislari tayyorlash tajriba-sinov tariqasida yo‘lga qo‘yildi. Ushbu dastur tayanch oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, texnika oliy o‘quv yurtlarining elektronika, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, metrologiya, materialshunoslik, biofizika, biotexnologiya tizimlari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining tibbiyot-profilaktika, tibbiyot-biologiya kabi yo’nalishlari bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tajribaviy magistratura dasturi asosida modul-kredit tizimida olib borilmoqda. SHu bois, qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish yuzasidan navbatdagi yig‘ilish Andijon davlat tibbiyot institutida tashkil etildi. Yig‘ilishda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, hamkor oliy o‘quv yurtlarining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari, xalqaro aloqalar bo‘limi boshliqlari, magistratura, o‘quv-uslubiy , reja va moliya bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va o‘quv mashg‘ulotlari olib borayotgan professor-o‘qituvchilar qatnashdilar. Yig‘ilishni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor M. Madazimov ochib berib, hozirgi kunda tibbiyot sohasida respublikamizda olib borilayotgan ulkan yangilanishlar, respublikamiz oliy o‘quv yurtlari va chet el oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorliklar va tashkil etilgan qo‘shma magistrlik dasturi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 5- iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim muassalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018- yil 17 — sentyabrdagi 9-sonli bayoni asosida 2018/2019 o‘quv yili qabuli uchun respublika oliy ta’lim muassasalari va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va ikki tomonlama diplom berish amaliyotini joriy etish maqsadida Andijon mashinasozlik instituti bilan hamkorlikda to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha “Tibbiyot va biotexnologiya mashinalari va jihozlari” magistratura mutaxassisligiga 9 nafar talabalar qabul qilinganligini yana bir bor eslatib o‘tdi.
SHu bilan birga, tibbiyot muhandisligi sohasi muhimligi va ularning kasbiy faoliyatiga texnika va ilmiy soha, inson faoliyati, tibbiyot diagnostika uchun asbob-uskunalarga xizmat ko‘rsatish, kasalliklar profilaktikasi va reabilitatsiyasida zamonaviy tibbiyot jihozlari, tibbiy laboratoriya masalalarini yechish uchun dasturiy ta’minotni ishlatish kabilar kiritilganligini institut rektori a’lohida ta’kidlab o‘tdi. So‘ngra, Andijon mashinasozlik institutining xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Z. Jo‘raev tibbiyot muhandisligi institutlararo qo‘shma magistrlik dasturining o‘ziga xos xususiyatlari, tarkibiy tuzilmasi, o‘quv mashg‘ulotlari va mutaxassislik fanlari haqida to‘liq ma’lumot berdi. Jumladan, Janubiy Koreyaning Tegu universiteti (Catholic University Of Daegu) va Andijon davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikda meditsina injeneriyasi (Biomedical Engineering) magistratura mutaxassisligi qo‘shma ta’lim dasturlar va ikki tomonlama diplom berish
kelishuviga asosan 1+1 modeli asosida (1-o‘quv yilida Andijon mashinasozlik instituti va Andijon davlat tibbiyot institutilarida va 2- o‘quv yilida Janubiy Koreyaning Tegu universitetida) tashkil etilganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida Andijon davlat tibbiyot instituti va Andijon mashinasozlik instituti bo‘lim boshliqlari o‘z vakolatlari doirasida qo‘shma magistrlik dasturining kelgusi istiqbollari haqida kelishib oldilar. Yig‘ilish so‘ngida, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M. Madazimov institutning kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlariga o‘quv mashg‘ulotlarini doimiy ravishda monitoring olib borish, o‘quv mashg‘ulotlarini kerakli tibbiyot jihozlari va axborot kommunikatsion texnologiya vositalari bilan ta’minlash va ta’lim sifatiga alohida e’tibor berish haqida tegishli kafedralarga topshiriqlar berdi.