Tibbiyot sohasiga xorijiy texnologiyalarni jalb etish yo‘lida — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Tibbiyot sohasiga xorijiy texnologiyalarni jalb etish yo‘lida

09:17 12.11.2019

Ilm-fan taraqqiyoti har bir sohaning rivojiga katta ta’sir etadi. Zamonaviy texnologiyalarning tibbiyot sohasiga kirib kelishi kasalliklarni erta aniqlash, aniq tashhis qo‘yish, bemorning tez shifo topishiga yordam beradi. Shuning uchun ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har bir islohotda sohani zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash masalasiga e’tibor qaratilmoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti va Germaniyaning Rostok universiteti o‘rtasida 2018-yilning  19-dekabr kuni hamkorlik shartnomasi imzolangan.  Mazkur shartnomaga asosan Germaniyaning  yetakchi mutaxassislari institut o‘quv jarayoniga jalb etildi. Ular tomonidan talabalar, magistr va klinik ordinatorlar uchun darslar, ma’ruza va mahorat darslari o‘tkazildi. Shu bilan birga,  Rostok universitetining etakchi mutaxassislari  ishtirokida masofaviy ma’ruza va bemorlar ko‘riklari tashkil etildi.

Ayni paytda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Z.Salaxiddinov, urologiya kafedrasi doseti M.A.Shodmonovlardan iborat delegatsiya  Rostok universitetiga tashrif buyurgan. Tashrif davomida Rostok universitetining 600 yillik yubiley tadbirlarida ishtirok etish, mazkur nufuzli universitet bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etish bo‘yicha bir qator masalalar yuzasidan kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan.

Jumladan, Germaniyaning Rostok universiteti va Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorlikda Bakalavriat va magistratura yo‘nalishida “Biotibbiyot injeneriyasi” (Biomedical Technology) mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etish, ikki oliy ta’lim muassasalari tomonidan ushbu qo‘shma ta’lim dasturining o‘quv dasturi tuzish bo‘yicha muhokamalar rejalashtirilgan.

Shuningdek, germaniyalik mutaxassislar bilan ikki tomonlama foydali boshqa kelishuvlar xususida ham muzokaralar amalga oshiriladi.
Tashrif davomida chet el tibbiy muassasalar faoliyatini o‘rganish bilan birga yangi tibbiy texnologiyalar, asbob-uskunalar, lazertexnologiya, nanotexnologiyalar bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar bilan ham tanishildi.

ADTI xalqaro hamkorlik bo’limi

Skip to content Click to listen highlighted text!