alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Toshkent farmatseftika instituti professor o’qituvchilari bilan hamkorlikda masofaviy ma’ruza o’tkazildi.

11:35 10.05.2019

2019 yil 10 may kuni Toshkent farmatseftika instituti Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi va Andijon davlat tibbiyot instituti tibbiy kimyo kafedrasi o’rtasida farmatsiya yo’nalishining 2 – bosqich 1-oqim talabalariga fizik va kolloid kimyo fanidan “Dispers sistemalar, yuqori molekulyar birikmalar” mavzusida masofaviy ma’ruza o’tkazildi.

Ma’ruzachi Toshkent farmatseftika instituti dotsenti M.M.Qurbonova o’z ma’ruzasida dispers sistemalarning tuzilishi, sinflanishi, molekulyar-kinetik xossalari, yuqori molekulyar birikmalarning qovushqoqligi va ularning farmatsiyadagi ahamiyati to’g’risida atroflicha ma’lumot berdi.

Ma’ruzada nazariy bilimlarning amaliyotga tadbiq etilishi, kolloid eritmalarning sanoatda va turmushda qo’llanilishi haqida qiziqarli ma’lumotlar misollar bilan keltirib o’tildi. Ma’ruza so’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga javob olishga erishdilar. Ma’ruza jonli va qiziqarli o’tdi.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!