Toshkentda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning seminari o‘tkazildi — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Toshkentda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning seminari o‘tkazildi

17:57 14.01.2020

Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakilligi tomonidan Toshkentda “O‘zbekistonda ilg‘or tibbiy texnologiyalarni qo‘llash” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent Vrachlar malakasi oshirish instituti, Toshkent Tibbiyot akademiyasi kabi bir qator tibbiyot muassasalari qatori Andijon davlat tibbiyot instituti vakillari ham ishtirok etdi.

Seminar davomida Andijon davlat tibbiyot institutida GIZ hamkorligida endo-urologiya yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassiclar tayyorlash va malaka oshirish markazini tashkil etish, mazkur markazga germaniyalik mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Seminarda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining mutaxassislari, xalqaro ekspetlar, respublikamiz olimlari, jumladan rektori, professor M.M.Madazimov mavzusi yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan chiqdilar.

Seminarda muhokama qilingan masalalar yuzasidan hamkorlik aloqalari bo‘yicha takliflar bildirildi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content Click to listen highlighted text!