alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Ukrainalik talabalar o‘quv amaliyot mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda

14:05 17.07.2019

Ukrainalik talabalar Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi Gospital terapiya kafedrasi hamda xirurgiya bo‘limidagi laporoskopiya o‘quv markazida bo‘lishib, bemorlar ko‘ruvida va ularni davolash jarayonlarida ishtirok etdilar.


Shuningdek, ular Andijon shahar bolalar shifoxonasidagi fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasida ham o‘quv amaliyot mashg‘ulotlarini olib bordilar.

Mehmon — talabalarning dam olish vaqtlari mazmunli tashkil etilmoqda. Yaqinda ular Farg‘ona viloyatiga sayohatga chiqdilar. Sayohat davomida Farg‘ona, Marg‘ilon, Rishton shaharlaridagi diqqatga sazovor joylarni — jumladan, tarixiy obidalarni, xushmanzara dam olish maskanlarini tomosha qildilar.

“Buyuk ipak yo‘li” festivali hamda hunarmandlar tomonidan adras va atlas tayyorlanish jarayonlari bilan tanishdilar, kulolchilik san’ati namunalaridan bahramand bo‘ldilar.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!