Ukrainalik talabalarning yozgi amaliyoti samarali yakunlandi — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институтClick to listen highlighted text!Welcome to Андижанский государственный медицинский институт
Ukrainalik talabalarning yozgi amaliyoti samarali yakunlandi
17:53 22.07.2019
Andijon davlat tibbiyot instituti bilan Xarkov milliy tibbiyot universiteti tibbiyot fakulteti o‘rtasida akademik va talabalar almashinuvlari, o‘quv –uslubiy yordam va onlayn konferensiyalar o‘tkazish bo‘yicha muntazam hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
Ukrainadan tashrif buyurgan 5 nafar talaba bir oy davomida Andijon davlat tibbiyot institutida, institut kafedralari o‘quv bazalarida, simulyatsion o‘quv markazida bo‘lishib, xirurgiya, terapiya, akusherlik va ginekologiya va pediatriya mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, bilim va malakalarini mustahkamladilar.
O‘quv amaliyot davomida xorijlik talabalar Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari bilan do‘stlashib, birgalikda Andijonning diqqatga sazovor joylari Xonobod shahri, Bog‘i Bobur dam olish maskani va Andijon Registoni kabi joylarda bo‘lishib, sayr sayohat qildilar. O‘zbek milliy madaniyati, an’ana va qadriyatlariga guvoh bo‘ldilar.
2019 -yil 22-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori huzurida yozgi amaliyot yakuniga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda institut rektori M.Madazimov yozgi o‘quv amaliyoti haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ilmiy — amaliy tadqiqot ishlaridagi hamkorlik rishtalari mustahkam va bardavom bo‘lishini aytdi. Institut xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinov yozgi amaliyot muvaffaqiyatli o‘tganligini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv nihoyasida har bir ukrainalik talabaga o‘quv amaliyotdagi faol ishtiroki uchun sertifikat va sportda erishgan yutuqlari uchun turli darajadagi diplomlar tantanali ravishda topshirildi.
Shu kuni talabalar andijonlik qadrdon do‘stlari bilan xayrlashib, unutilmas taassurotlar bilan o‘z yurtlariga jo‘nab ketdilar.