alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

“Ulfatlar” jamoasi harbiy qismda

10:15 14.01.2020

Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti “Ulfatlar” quvnoqlar va zukkolar terma jamoasi Honabod shahridagi harbiy qismga tashrif buyurdilar.

Ularni harbiy qism komandir o‘rinbosari B.Amanov kutib oldi. Shundan so‘ng Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduxalimov barcha harbiy hizmatchilarni 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” bilan samimiy tabriklab kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tiladi.

Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar ittifoqi BT faollari tomonidan tayyorlangan bayram hazillari va musiqiy sahna ko‘rinishlari yurtimiz posbonlariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Institut va harbiy qism o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan tadbir yakunida kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik ishlari to‘g‘risida kelishib olindi.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!