Vatanni himoya qilish barchamizning sharafli burchimiz — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Vatanni himoya qilish barchamizning sharafli burchimiz

18:11 10.01.2020

Vatan barchamiz uchun muqaddasdir. Vatanni himoya qilish barchamizning sharafli burchimiz. Vatan himoyasiga bel bog‘lagan har bir yigit-qiz hamisha elimiz ardog‘ida.  SHuning uchun ham 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlar hamisha bayramona o‘tadi.

Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati hamda Harbiy tayyorgarlik  kafedrasi tashabbusi bilan 14 yanvar –Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Andijon shahridagi “Xotira xiyoboni”da tashkil etilgan tadbir ham  ana shunday ko‘rinish oldi.

Vatan himoyachilarini sharaflash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xissa qo‘shish maqsadida tashikl etilgan tadbirda harbiy xizmatchilar, ADTI  Harbiy tayyorgarlik  kafedrasi xodimlari, talaba-kursantlar, institut yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etdilar. Tadbirni  institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov ochib, barcha yig‘ilganlarni  Vatan himoyachilari kuni  bilan qizg‘in tabrikladi.

Tadbir ishtirokchilari jonajon yurtimiz, sarhadlarimiz daxlsizligi, chegaralarimiz  mustahkamligiyu xalqimizning tinch-osoyishta hayoti baquvvat, qat’iyatli va jasur o‘g‘lonlarning himoyasida ekanligidan faxrlanishlarini izhor etdilar.

Mamlakatimiz mustaqilligi, uning hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini tunu kun himoya qilib kelayotgan Vatan himoyachilari, harbiy xizmatchilar, bir-biridan o‘ktam, mard va jasur o‘g‘lonlarga minnaddorchilik bildirdilar.

Shundan harbiy yurish boshlandi. Harbiy tayyorgarlik kafedrasi talaba-kursantlari, institut yoshlari dadil qadamlar bilan Vatan himoyasiga hamisha tayyor ekanliklarini namoyish etdilar.

Tadbir yakunida Harbiy  tayyorgarlik kafedrasi  boshlig‘i A.Nasriddinov  tashkilotchilarga, harbiy xizmatchilarga faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi. Harbiy sohaga kirib kelayotgan yoshlarning yakdil, bir so‘zli, kuchli va ishonchli tirgak ekanligi hamisha el e’tiborida ekanligini ta’kidlab, barchani ona Vatan va xalqingiz oldidagi muqaddas burchni ado etishdek sharafli, mas’uliyatli ishlariga zafar va omad, sihat-salomatlik, kuch-quvvat tiladi.

Harbiy yurish barcha ishtirokchilarning qalbi Vatanga bo‘lgan muhabbat bilan to‘la ekanligi ko‘rsatdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content Click to listen highlighted text!