Viloyat perinatal markazida integrallashgan simulyatsion trening o‘tkazildi — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Viloyat perinatal markazida integrallashgan simulyatsion trening o‘tkazildi

10:22 01.03.2019

2019- yil  28- fevral kuni viloyat perinatal markazida Andijon davlat tibbiyot instituti 1-Akusherlik va ginekologiya hamda Fakultativ pediatriya va neonatologiya kafedralari tomonidan integrallashgan simulyatsion trening bo‘lib o‘tdi.

“Elkalar distotsiyasida tug‘ruqni olib borish va chaqalaoqlar reanimatsiyasi” mavzusidagi mazkur tadbirda  viloyat perinatal markazi akusher-ginekolog shifokorlari, 1-Akusherlik-ginekologiya hamda Fakultativ pediatriya va neonatologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistratura yo‘nalishi talabalari va klinik ordinatorlar ishtirok etdilar.

Tadbirda 1-Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri D.Asranqulova so‘zga chiqib, bugungi kunda mamalakatimiz tibbiyot sohasidagi izchil islohotlar, shuningdek, soha mutaxassislarini ayollar patologiyalarida zamonaviy yondashuvi, isbotlangan tibbiyot asosida tashxislash va davolash to‘g‘risida gapirdi.

Integrallashgan simulyatsion treningda  magistr va kilinik ordinatorlar mavzuni mulyajlar yordamida keng yoritib berdilar.

So‘ngra dotsentlar-B.Inakova, F.Nasirova, N.Ahmedovalar mavzu yuzasidan o‘z fikr- mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, ko‘plab ma’lumot va yangiliklardan boxabar bo‘ldilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!