alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Voleybol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi

17:00 12.12.2019

Sport — do‘stlik elchisi. Sport musobaqalari turli ellarni birlashtirib do‘stlik rishtalrini bog‘laydi.  Andijon davlat tibbiyot instituti sportsevar yoshlari sentyabr oyida O‘sh davlat universitetiga tashrif buyurib voleybol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib kelgan edilar.

Qiziqarli sport bahslari do‘stlik rishtalarini bog‘laganligidan O‘sh davlat universiteti jamoasi javob o‘yini uchun Andijonga keldi.

Andijon davlat tibbiyot instituti sport zalida instititut jamoasi va O‘sh davlat universiteti jamoalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yoshlik, chaqqonlik, epchillik sportga oshno insonga hamisha hamroh.

Voleybol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi qiziqarli lahzalarga boy bo‘ldi. Safar chog‘ida 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi o‘z maydonida mehmonlarni aynan shu hisobda — 3:2 xisobida mag‘lubiyatga uchratdilar.

Do‘stona ruhda o‘tgan voleybol bahsi yakunida mehmon jamoaga esdalik sovg‘alari topshirildi. Eng asosiysi, talaba yoshlar jismonan chiniqishlari bilan birga maroqli dam oldilar.

Zulxumor Abdullaeva

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!