Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetini attestatsiya va akkreditatsiyasidan o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetini attestatsiya va akkreditatsiyasidan o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

17:33 28.06.2019

2019-yil 28-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida VMOF va QT fakulteti professor-o‘qituvchilari va institut rahbariyati ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish fakultetni attestatsiya va akkreditatsiyasidan o‘tkazish  masalalariga bag‘ishlandi.

Kun tartibiga qo‘yilgan muhim masala  yuzasidan institut rektori, professor  M.Madazimov  atroflicha  gapirib o‘tdi. Rektor o‘z  so‘zida 2019- yil 24 -may kungi Toshkent shahrida O‘zbekiston Milliy universitetida Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ishtirokida o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari, akademiklar, professor-o‘qituvchilar, magistr va talabalar ishtirokida o‘tkazilgan  yig‘ilishda qo‘yilgan masalalar: ta’lim sifati, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, attestatsiya va akkreditatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga  to‘xtaldi.

Shuningdek, yig‘ilishda ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi  boshlig‘i G‘.To‘ychiev kafedrada ta’lim sifatini zamon talablari, davlat standartlari darajasida ko‘tarish, attestatsiyadan o‘tkazish, akkreditatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish mavzusida ma’ruza qildi.


Yig‘ilishda, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov, VMOF va QT fakulteti dekani X.Tursunovlar ham so‘zga chiqib, kun tartibidagi masala yuzasidan muhim topshiriq va ko‘rsatmalar berdilar.

Yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilar kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar xususida kelishib oldilar.
 
 
 

Skip to content Click to listen highlighted text!