alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Xalqaro yozgi maktab talabalari Xonobod dam olish maskanida

16:07 19.06.2019

O‘zbek, rus, belarus, qozoq va qirg‘iz yoshlaridan iborat Xalqaro yozgi maktab talabalarining bugungi kuni ham mazmunli va maroqli o‘tdi. Ular viloyatimizning eng xushmanzara va go‘zal shahri Xonobodga tashrif buyurdilar.


Talabalar Xonobod shahrining  diqqatga sazovor joylarini tomosha qildilar. Bu maskanning xushhavosidan bahra olib, betakror va so‘lim tabiat qo‘ynida miriqib dam oldilar.

Shuningdek, talabalar bu yerda “Qon ketganda birinchi yordam ko‘rsatish”, “Turli hasharotlar chaqqanda birinchi yordam ko‘rsatish” mavzularida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida faol qatnashdilar va bu boradagi amaliy ko‘nikmalarini oshirdilar.
 


Xonobod dam olish maskaniga uyushtirilgan sayohat mehmon-talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!