Andijon davlat tibbiyot institutida 2019 — yil 26 –avgust kuni 2019 -2020 o’quv yili uchun xorijiy fuqaro abituriyentlarining og’zaki imtihoni bo`lib o`tdi.
Shu kuni mandat natijalari e`lon qilindi. Imtihonda 20 nafar xorijiy abituriyent qatnashdi va barchasi expert komissiyasining hulosasiga ko`ra institutning turli yo`nalishlariga o’qishga shartnoma asosida tavsiya etildilar.
Mandat jarayonida institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektori G`.Xodjimatov, qabul komissiyasi bo`yicha mas`ul S.Salaxidinov, xalqaro hamkorlik bo`limi boshlig`i K.Salaxidinovlar ishtirok etib, o`qishga qabul qilingan barcha yoshlarni tabrikladilar.