2019- yil 15- mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti xalqaro hamkorlik bo’limida institut rektori M. Madazimov, xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i K.Saloxiddinov, Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchilari L.Xudoyberdieva, I.Matveeva, D.Igamova, G.Daminova va farmatsiya fakulteti talabasi M.Mirzaxonovalar hamda Slovakiya davlati Koshitsa universitetining ingliz tili kafedrasi mutaxassislari ishtirokida onlayn muloqot bo’lib o’tdi.
Onlayn muloqotda mutaxassislar tibbiy ta’limni rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishda yangi innovatsion usullarni qo’llash, xorijiy tillarni o’rganishning yangi va qulay mexanizmlarini qo’llash bo’yicha o’zaro hamkorlik qilish, tajriba almashish va onlayn ma’ruzalar o’qish, ilmiy amaliy konferensiyalar o’tkazishga kelishib oldilar.
Hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalasidagi onlayn muloqot samarali bo’ldi.