2019 — yil 8 — may kuni Andijon shahrida 9- may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan Andijon viloyati hokimi kubogi uchun ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.
Marafon soat 8 .00 da boshlanib, Andijon shahri “Toshkent premium” tantanalar saroyi oldidan viloyat hokimligi binosiga qadar davom etdi. Ommaviy yugurish marafonida Andijon davlat tibbiyot institutining 100 nafar talabasi ham faol qatnashdi.
Hokim kubogi uchun tashkil etilgan marafonda ADTI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Arziqulov, yoshlar masalalari bo‘yicha prorektor P.Asxanov, barcha fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, reablitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Abdullaeva va bir guruh o‘qituvchilar ishtirok etdilar.