alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan Andijon viloyati hokimi kubogi uchun ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi

15:30 08.05.2019

2019 — yil 8 — may kuni  Andijon  shahrida  9- may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan Andijon viloyati hokimi  kubogi uchun ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.

Marafon soat 8 .00 da  boshlanib, Andijon shahri “Toshkent premium” tantanalar saroyi oldidan  viloyat hokimligi binosiga qadar  davom etdi. Ommaviy yugurish marafonida  Andijon davlat tibbiyot institutining 100 nafar talabasi  ham faol qatnashdi.

Hokim kubogi uchun tashkil etilgan marafonda ADTI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Arziqulov, yoshlar masalalari bo‘yicha prorektor P.Asxanov, barcha fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari,  reablitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Abdullaeva va bir guruh o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!