Andijon davlat tibbiyot institutida 2020 yil 1 aprel kunidan masofaviy ta’lim uchun tashkil qilingan e-univer.adti.uz platformasida onlayn mashg‘ulotlar yakunlanib, baxorgi semestr yakuniy nazorat sinovlariga tayyorgarlik jarayoni ketmoqda.
Institut rektorati va professor-o‘qituvchilari sayi xarakati tufayli masofaviy ta’lim jarayoni xozirgi pandemiya vaqtida ananaviy ta’lim o‘rnini etarli darajada to‘ldirdi
Yakuniy nazorat sinovlariga Kasb ta’limi yo‘nalishi talabalari xam qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. Nazoratlarga tayyorgarlik jarayonida e-univer.adti.uz platformasida ZOOM dasturi orqali tashkil qilingan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar talabalar uchun yana bir qulaylik yaratdi.
Sinovlarga tayyorgarlik jarayoni ma’sullar tomonidan nazorat qilinmoqda. O‘quv yili baxorgi semestri tugallangan fanlar bo‘yicha yakuniy nazorat sinovlari e-univer.adti.uz platformasida onlayn test shaklida tashkil etilgan.
Kasb ta’limi yo‘nalishi ma’suli
D.Sh.Xasanov