Joriy yilning 8-9 oktyabr kunlari 2-Umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlash kafedrasi mudiri Z.Salahiddinov Turkiyaning Hacettepe universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad mazkur universitet bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish va kelajakda fan va ta’lim sohasida ularning ilg’or tajribalaridan foydalanishdan iborat bo’ldi. 9-oktyabr kuni Z.Salahiddinov va universitet rektori professor Doctor A. Haluk O’zen, rektor yordamchisi professor Burkin Sener va sog’liq fakulteti dekani professor Bulent Altinlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muloqotda tibbiy ta’lim sohasida aloqalarni kengaytirish, hamkorlikda ilmiy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, tomonlar akademik va talabalar almashinuvi hamda masofaviy ta’limni tashkil etish kabi masalalar yuzasidan kelishuvlarga erishdilar.
Uchrashuv davomida Turkiyaning Hacettepe universiteti va Andijon davlat tibbiyot instituti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Sevara Rahimova,
ADTI xalqaro hamkorlik bo’limi uslubchsi