2019-yil 28- avgust kuni Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni institut rektori, professor M.M.Madazimov ochdi va jamoani yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 28 yillik ayyomi, shuningdek, yangi boshlanayotgan 2019-2020 o’uv yili bilan samimiy muborakbod etdi.
Yig’ilish avvalida bayramona qutlovlar tashkil etildi.Unda umumiy jarrohlik kafedrasi o’qituvchisi Sh. Qodirovning doktorlik dissertatsiyasi yoqlaganligi munosabati bilan OAKning maxsus diplomi va pul mukofoti, shuningdek, uning ilmiy rahbari ADTI professori Y.Egamovga pul mukofoti topshirildi.
“Istiqbolli kadrlar” respublika tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g’olib bo’lganligi uchun farmakologiya ka klinik farmakologiya kafedrasi o’qituvchisi Z.Ergasheva, onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri D.Mamarasulovalar ham taqdirlandilar.
Gospital terapiya kafedrasi mudiri Sh. Yusupova, fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi mudiri B. Inaqova, jarrohlik va urologiya kafedrasi mudiri F.Nishonov, ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi B.Botirovalar yangi o’quv darslik yaratganliklari uchun ilmiy kengash a’zolari nomidan tabriklandilar. Mualliflarga pul mukofotlari topshirildi.
Yig’ilishda muhim masalalar ko’rildi. Birinchi masala – O’bekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligiga tayyorgarlik ishlarining borishi haqida institut yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor P.Asxanovning ma’ruzasi tinglandi.
Shuningdek, yangi 2019-2020 o’quv yiliga kafedralarning o’quv- uslubiy ishlar bo’yicha tayyorgarligi to’g’risida o’quv ishlari bo’yicha prorektor A.Arziqulov, ADTIning 2018 — yil reyting natijalari haqida ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i G’.To’ychiev, yangi o’quv yiliga tayyorgarlik bo’yicha qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari to’r’risida ishlar boshqarmasi boshlig’i Z.Mamajonovlar ma’ruza qildilar.
Ilmiy kengash yig’ilishida ilmiy axborotlar va yangi o’quv yilidagi yangiliklar e’lon qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.