alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Yolg‘izbog‘liklar tibbiyotda korrupsiyaga qarshi

14:37 08.07.2020

Korrrupsiya jinoyatchiligi xaqida gap borganda ayrimlar tibbiyotchilarni ayblashga urinadi. Aslida ham shundaymi?
O‘zbekiston “Adolat” SDP Paxtaobod tumani kengashi tashabbusi bilan Yolg‘izbog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar oldiga ayni shu savol qo‘yildi. Dastlab tizimdagi isloxotlar, korrrupsiyaga qarshi kurashish borasida qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar va tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fuqarolarga tushuncha berildi. So‘rovnoma asosida hududdagi 51–qishloq oilaviy poliklinikasi shifokorlari tomonidan aholiga qanday xizmat ko‘rsatilayotgani o‘rganildi.

Muzaffar Bekmirzaev, mahalla fuqarosi:
-Ochig‘i, tibbiyot xodimlarini poraxo‘rlikda ayblaganlarni sira oqlamayman. O‘z halovatidan kechib insonlar salomatligi yo‘lida xizmat qilish tom ma’noda qaxramonlik. Barchamizni tashvishga solgan karantin davrida bu o‘z isbotini topmadimi? Jinoyatchilikka yo‘l ochganlarga jazoni kuchaytirish kerak. SHunda jamiyatda o‘z o‘zidan sog‘lom muxit yaratiladi.
Tadbir doirasida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik fuqarolar salomatligini mustahkamlash yo‘lida yana bir qadam bo‘ldi. Turli kasalliklar aniqlangan 17 nafar fuqaroni sog‘lomlashtirish boshlandi.

 O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi

matbuot xizmati.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!