alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Yoshlar ittifoqi faollari tomonidan navbatdagi aksiya o‘tkazildi

18:27 01.04.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari tomonidan sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga bag‘ishlangan  aksiya davom etmoqda.

Kuni kecha   ana shunday aksiya  Andijondagi  Jahon bozori  hududida   o‘tkazildi. Shu kuni yoshlar ittifoqi faollari aholi o‘rtasida  tibbiy madaniyatni oshirish, favqulodda holatlar yuz berganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalarini  sahna ko‘rinishlari orqali izohlab, ko‘rsatib berdilar. Fuqarolarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi  bukletlar tarqatdilar. Aholi  bilan ochiq muloqotda bo‘lishib, birinchi yordam ko‘rsatish, turli kasalliklarni oldini olish, davolash  ishlari  bo‘yicha ularni qiziqtirgan  savollarga javob berdilar.

Yoshlar aksiyasi yurtdoshlarimiz  tomonidan  katta qiziqish bilan qarshi olindi. Aksiya jarayoni qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!