“Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida  davra suhbati — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

“Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida  davra suhbati

16:14 15.02.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida  davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni institut o‘quv ishlari bo‘yicha bo‘yicha prorektori A.SH.Arziqulov ochib davra suhbatiga taklif etilgan mutaxassislarni tanishtirib o‘tdi.

Shundan so‘ng mavzuga oid videorolik namoyish qilindi.

Davra suhbatida Andijon viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Tergov boshqarmasi boshlig‘i Ya.O.Abdulhaqov so‘zga chiqib giyohvand moddalarni etishtirish, iste’mol qilish, ularning oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish bilan bog‘liq jinoiy holatlar  xususida so‘z yuritdi.

Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka ruju qo‘ygan yoki giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ulanish holatlari uchrayotganligi achinish bilan aytib o‘tdi. Giyohvandlik jinoyati, unga  qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘htalib o‘tdi.

Davra suhbatida so‘z olgan viloyat sog‘liq saqlash boshqarmasi davolash profilaktik yordamni tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i I.A.Isaqov giyohvand moddalarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan noxush va ayanchli holatlar, tibbiyotda qo‘llaniladigan psixotrop moddalar, dori vositalaridan foydalanish tartib-qoidalari to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Davra suhbatida talabalar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisislar tomonidan batafsil ma’lumotlar olishdi.

                  A.Abduxalimov,

ADTI yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

Skip to content Click to listen highlighted text!