“Yoshlar sog‘lom turmush tarzi tarafdori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

“Yoshlar sog‘lom turmush tarzi tarafdori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

11:02 09.04.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti kengashlar zalida  “Yoshlar sog‘lom hayot tarafdori” mavzusida  davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  Davra suhbatini  institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.Asxanov ochib, sog‘lom turmush tarzi omillari xususida  gapirib o‘tdi.

Davra suhbati davomida Andijon viloyati prokuraturasi bo‘lim prokurori Behzodbek Payziboev, Andijon shahar “Eski gumbaz” jome’ masjidi  imom xatibi Bahodirjon Ro‘ziboev, “Oila” ilmiy-tadqiqot amaliy markazi Andijon shahar boshqarmasi   boshlig‘i Habiba Jo‘rabekova, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi O‘tkirbek Rahmatovlar so‘zga chiqib, sog‘lom turmush, sog‘lom ovqatlanish, sog‘lom muhit, reproduktiv salomatlik va zararli odatlardan yiroq bo‘lish, shuningdek, shifokor sifatida  aholi o‘rtasida  sog‘lom hayotni  targ‘ib etish masalalari  kabi mavzularda o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan  tegishli  javoblar oldilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!