alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Yoshlarimiz niyatlariga yetsinlar, ularga omad yor bo‘lsin!

20:40 03.02.2020

«Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi doirasida mas’ul lavozimlarga o‘n kun muddatga tayinlangan yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar barchaning e’tiborida.

Mas’ul lavozimlarga tayinlangan qizlarimiz ham yigitlarimizdan qolishmagan holda aql-zakovot, uddaburonliklarini ko‘rsatishmoqda. Bu borada Andijon davlat tibbiyot instituti turli tadbirlarini mazmunli va maroqli olib boruvchi Zarnigor Rahmatovani alohida e’tirf etish zarur.


Zarnigor  Andijon tumani Orol mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Matluba Mahamajanovna G‘anieva bilan birga fuqarolarning muammolarini hal etish, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Jalaquduq tumani hokimi vazifasini bajarayotgan Ilyosmirzo Ziyoyev keyingi kunlarda qishloq xo‘jaligi masalalari bilan jiddiy shug‘ullanmoqda.

Yana bir faol talaba qizlarimizdan biri Maftuna Musajonova Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 12-umumtalim maktab direktori Sohibjamol Sheralievna Nazarova bilan hamkorlikda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga, ayniqsa ularni ma’naviy kamolatiga ziddiy e’tibor qaratimoqda, bu borada mahalla faollari bilan hamkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘ymoqda.




O‘zbekiston Xalk Demokratik Partiyasi Andijon viloyati Kengashi raisi A.A.Nurmatov bilan birga ish olib borayotgan yosh deputat Fayzullo Xodjimatov uyushmagan yoshlar bilan ibratli ishlarni olib bordi va Andijon olimpiya zahiralari kollejida o‘tkazilgan “Mehnat yarmarkasi”da bir qator yoshlarni ish bilan ta’minlashga erishdi.


Andijon davlat tibbiyot instituti talabalaridan yana biri Dilyoraxon Qurbonalieva Qo‘rg‘ontepa tumani Ma’naviyat targ‘ibot Markazi rahbari Gulbahor Ibrogimovna Qosimova bilan birga ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yanada jonlantirish borasida ish olib bormoqda.

Andijon viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajarayotgan Andijon davlat tibbiyot instituti magistratura yo‘nalishi talabasi Boburjon Abdulazizxo‘jayev ijtimoiy himoya masalalalariga jiddiy e’tibor qaratib nuroniylardan duolar olmoqda. Nuroniylarga ko‘mak berish borasida Boburjonni Asaka tumaniga hokimlik qilayotgan talabamiz Humoyun Qo’chqarov  qo‘llab-quvvatlamoqda.


Aziz yurtdoshlar,  Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi «Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi doirasida mas’ul lavozimlarga o‘n kun muddatga tayinlangan talabalardan mamnun. Chunki ular oz bo‘lsada el-yurt farovonligiga xissa qo‘shishmoqdalar, Vatanni yanada obod qilishga intilmoqdalar. Tilagimiz yoshlarimiz ezgu niyatlariga yetsinlar, ularga omad yor bo‘lsin!

 Odiljon Karimov,

ADTI matbuot kotibi 

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!