alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

YQQUZB ijtimoiy tarmog‘iga raddiya

15:33 17.04.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti ma’muriyati institutning bitiruvchi 6-kurs talabasi tomonidan YQQUZB ijtimoiy tarmog‘iga  bir o‘quv yili uchun boshqa tibbiyot institutlarida kontrakt to‘lov miqdori 9.346.000 so‘m belgilangan holda Andijon davlat tibbiyot institutida 11.358.000 so‘m belgilangan deb noto‘g‘ri qilingan murojaati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
To‘lov kontrakt bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning o‘quv yili uchun to‘lov miqdori o‘quv yili davomida iqtisodiy harajatlarga qarab shakllantirilib boriladi va tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
2019-2020 o‘quv yili tugayotganligi munosabati bilan hozirda institutning to‘lov-kontrakt shaklida o‘qiyotgan 6-kurs talabalari uchun quyidagi to‘lov miqdorlari belgilandi.
Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha  bir o‘quv yiliga stipendiyasiz to‘lov miqdori 5.788.000 so‘m, magistratura yo‘nalishi bo‘yicha esa 6.650.000 so‘mni tashkil etadi
Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha  bir o‘quv yiliga stipendiyali to‘lov miqdori 9.044.000 so‘m, magistratura yo‘nalishi bo‘yicha esa 9.905.220  so‘mni tashkil etadi.
YQQUZB ijtimoiy tarmog‘iga murojaat qilgan talaba haqiqatdan ham kontrakt to‘lov miqdoridan ortiqcha to‘lagan taqdirda, ortiqcha to‘langan summa talabaga belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
YQQUZB ijtimoiy tarmog‘iga qilingan murojaat asossiz.

Andijon davlat tibbiyot instituti ma’muriyati

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!