alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SALOMATLIK SAYLI”DA AHOLIGA BEPUL TIBBIY XIZMAT KO‘RSATILMOQDA

14:24 07.04.2022

7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida  andijonliklar uchun “Salomatlik sayli” bo‘lib o‘tmoqda. Unda viloyatimizning tibbiyot muassasalari qatori Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda. 21 xil mutaxassislikdagi 40 nafardan ziyod malakali professor-o‘qituvchilarimiz va shifokorlarimiz aholining salomatligini ko‘ruvdan o‘tkazishmoqda. UZI, EKG va labarator tekshiruvlar ham barcha uchun ayni muddao bo‘ldi. Tahlillar bo‘yicha bemorlarga kerakli maslahatlar berilmoqda. Ayniqsa, mutaxassislarimiz tomonidan ko‘rikka yetib kela olmagan, yaqinlari tomonidan avtoulovlarda olib kelingan bemorlarga ham joyiga borib  beminnat xizmat ko‘rsatilmoqda. Bu borada rektor M.Madazimov tashabbusni o‘z qo‘liga olib, jarayonlar bilan tanishib chiqdi.

Shuningdek, “Yosh volontyorlar” jamoasi fuqarolarimizga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini amaliy jarayonlar orqali ko‘rsatib berishmoqda. Sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatilgan bukletlar tarqatishmoqda. Iqtidorli talabalarimiz tomonidan yaratilgan innovatsion loyihalar ham aholimizni befarq qoldirmayapti. Ayniqsa, tibbiyotga oid ilmiy kitoblar hamda badiiy adabiyotlar ko‘rgazmasi ham xalqimiz xizmatida.

Karnay-surnay sadolari ostida o‘tayotgan sayl davomida tibbiy-ko‘riklardan tashqari turli sport o‘yinlari, milliy raqslar namoyish etilmoqda.

“Salomatlik sayli”ga tashrif buyurgan Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari A.Inoyatov ham andijonliklarning salomatligi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tibbiyot mutaxassislari bilan muloqot davomida bugungi jarayonlar bilan o‘rtoqlashdi.

Kunlar issiq bo‘lishiga qaramay, o‘z sog’ligi uchun befarq bo‘lmagan aholimizning saylga tashrifi davom etmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!