alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SAYFITDIN TURSUNOVGA BAGʻISHLAB “XOTIRA” TADBIRI OʻTKAZILDI

18:44 22.02.2022

Inson umri davomida qilgan yaxshi amallari, ezgu fazilatlari bilan qadrlanadi va xotirlanadi.

Tursunov Sayfitdin Yunusovich ana shunday samimiy va qadri baland ustoz edi. U 1939-yil 28-fevralda Izboskan tumanida tugʻilgan. 1956-1962-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olgan. 1962-1964-yillarda Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi klinik ordinatori, kafedra assistenti, dotsenti, professori hamda qariyb 30 yildan ortiq kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fan Arbobi, Nyu-York Fanlar Akademiyasining aʼzosi S.Tursunov hammualliflari bilan birgalikda yaratgan Ichki kasalliklar propedevtikasi fanidan darsligi respublikamizning barcha tibbiyot institutlari talabalari uchun qoʻllanma boʻlib xizmat qilmoqda.  Uning 10 dan ortiq maʼnaviyat ruknidagi risolalari va sheʼriy kitoblari nashr etilgan.

Ustoz tomonidan asos solingan Markaziy Osiyodagi yagona profilaktik kardiologiya ilmiy maktabida 20 dan ortiq doktorlik, 50 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli  himoya qilingan. Ukraina, Rossiya Federatsiyasi, Polsha, Xindiston, Qirg’iziston va Janubiy Koreya kabi xorijiy davlatlardagi yetuk olimlar bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan.

S.Tursunovning Sogʻliqni saqlash, fan va taʼlim yoʻnalishida olib borgan xizmatlari uchun 2009-yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.  Tajribali rahbar hamda mohir shifokor 2021-yil 9-yanvar kuni 82 yoshida vafot etgan.

Bugungi oʻtkazilgan “Xotira” tadbirida institut rektori M.Madazimov, Fizika-matematika fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi S.Zaynabidinov, IKP kafedrasi professori O.Salohiddinov, 1-UAShT kafedrasi mudiri Z.Salohiddinov, Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi professori K.Soliyev, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani X.Tursunov, IKP kafedrasi assistenti Z.Valiyeva  soʻz olib, ustozning hayoti, ilmiy ishlari, tibbiyot sohasining rivoji uchun qilgan saʼy harakatlari xususida toʻxtalib oʻtdilar. Shuningdek, uning yaxshi amallari ham yodga olinib, haqqiga duolar qilindi.

Tadbirdan so’ng bir guruh professor-o’qituvchilar ustozning qabrini ziyorat qildilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!