alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SIZ YURTNING YURAGI, SALOMATLIK POSPONISIZ!

11:57 17.11.2021

SIZ YURTNING YURAGI, SALOMATLIK POSPONISIZ!

Andijon davlat tibbiyot institutida tibbiyotchilar kuni munosib nishonlandi. Sharafli kasb egalarini qadrlab “Yurtning yuragi – salomatlik posboni” mavzusidagi bayram dasturi o‘tkazildi.

Tadbirni institut rektori M.Madazimov ochib berdi va bugungi kunda, ayniqsa pandemiya sharoitida tibbiyot xodimlarining ko‘rsatayotgan jasoratlari, davlatimiz tomonidan tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor xususida so‘zlab, institutimizda faoliyat olib borayotgan soha xodimlarini muborakbod etdi.

Shifokorlarning matonatini tarannum etuvchi she’rlar va qo‘shiqlar talabalar tomonidan namoyish etildi. Ayniqsa, karonavirus kasalligi bilan og‘rigan bemorni hayotga qaytarish jarayoni tasvirlangan sahna ko‘rinishi bo‘lajak shifokorlar – talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etildiki, ular amaliyot jarayonlarini puxta o‘zlashtirayotganliklarini yaqqol ko‘rsata oldi.

Tadbir davomida xorijiy fakultet talabalari ham o‘zlarining o‘zbekcha kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!