Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SPORT – SALOMATLIK GAROVI” SHIORI OSTIDA SPORT MUSOBAQALARI BO’LIB O’TDI

12:28 12.11.2022

11-noyabr – Kasaba uyushmalari kunibayrami munosabati bilan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federetsiyasi Andijon viloyati Kengashi tomonidan Andijon shahrida joylashgan “Xalqlar doʻstligi” stadionida ishchi-xodimlar oʻrtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi.

Unda Andijon davlat tibbiyot instituti professor-oʻqituvchilari va xodimlari faol ishtirok etdilar. Sportning shaxmat turi boʻyicha erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarda Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti bolalar xirurgiyasi, bolalar anesteziologiya-reanimatologiyasi, travmatologiya-ortopediya va otorinolaringologiya kafedrasi mudiri M.Kosimxojiyev 1-oʻrinni, badminton boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarda Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi assistenti N.Abduvaxopova va erkaklar oʻrtasida Davolash fakulteti tyutori O.Tursunov 2-oʻrin sohibi boʻldi. Gʻoliblar institutning kasaba uyushmasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!