alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

STOMATOLOGIYA FAKULTETI JAMOASI XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETIB QAYTDI

15:17 06.05.2024

Joriy yilning 1-may sanasidan 3-may kunigacha Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universitetida  yosh olimlar va talabalarning “Yoshlar va tibbiy innovatsiyalar: kelajakni bugundan yaratamiz” mavzusida xalqaro XIX ilmiy-amaliy konferensiyasi va IV xalqaro Stomatologiya yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Belarus Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasidan 120 dan ortiq yetakchi olimlar va talabalar ishtirok etdi. Unda zamonaviy tibbiyotning dolzarb masalalari va yutuqlar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur konferensiyada Andijon davlat tibbiyot instituti Stomatologiya fakulteti dekani D.To‘lanov, Propedevtik stomatologiya kafedrasi mudiri Z.Xakimova, Patologik fiziologiya kafedrasi mudiri Sh.Xamraqulov va Biofizika kafedrasi mudiri A.Ismanova o‘z maʼruzalari bilan faol ishtirok etdi.

Stomatologiya yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar olimpiadasida institutning “Smile up” jamoasidan:

1-o‘rinni – I.G‘ulomov;

2-o‘rinni – Sh. Ibrohimov, M.Egamberdiyeva;

3-o‘rinni G.Shermatova egalladi.

Konferensiya yakunida institutimiz vakillari diplom bilan taqdirlandi. Shuningdek, jamoaning faol ishtiroki uchun tashkilotshilar tomonidan institut rektoriga tashakkurnoma yo‘llandi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!