Andijon davlat tibbiyot instituti Stomatologiya fakultetining talabalari ishtirokida “Professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida sharaf kodeksi” mavzusi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Rektor maslahatchisi X.Zokirov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, institut Profilaktika inspektori J.Xo‘jayev, Yoshlar masalalari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.Mahmudov, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olganlar “Sharaf kodeksi”, kiyinish madaniyati, odob-axloq hamda institut ichki tartib qoidalariga rioya qilish masalalari haqida so‘z yuritdilar. Sog‘liqni saqlash vazirligining 88-sonli Qaroriga binoan Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan 2022-yilda chiqarilgan 160-buyrug‘i bo‘yicha maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, jinoyatchilikni oldini olish to‘g‘risida, ijtimoiy tarmoqlardagi turli noto‘g‘ri maʼlumotlar tarqatuvchi kanallarga kirib, ularning taʼsiriga tushib qolish holatlaridan saqlanish haqida aytib o‘tdilar.
Yig‘ilish so‘nggida darslarni qoldirmaslik, fanlarni o‘z vaqtida o‘zlashtirish va o‘z ustida doimiy ishlab borish talabalarning o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga olib borishi haqida maslahatlar berildi.