Bugun, 7-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Stomatologiya fakulteti talabalarining ota-onalari bilan «Farzandimning taqdiriga befarq emasman» shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Stomatologiya fakulteti dekani D.To‘lanov hamda dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida talaba-yoshlarning odob-axloqi, kiyinish madaniyatiga rioya qilishlari va institut ichki tartib qoidalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, yozgi ta’til paytida talabalarni ota-onalar nazoratida bo‘lganligi sababli ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali mashg‘ulotlar bilan o‘tkazishlari yuzasidan tavsiyalar berildi.