alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Talaba-bosh shifokorning dil so’zlari

17:23 27.02.2020

Men – Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti 614-guruh talabasi Davronbek Komilov, viloyatimiz hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashabbusi bilan  »Andijonda yoshlar o’n kunligi» loyisi bilan Xo’jaobod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i lavozimiga 10 kun muddatga tayinlandim.

Men bu vaqt oralig’ida tuman tibbiyot birlashmasi ish faoliyati bilan tanishib shuni angladimki, bu o’n kunlik bizga berilgan ulkan imkoniyat ekan. Sababi men o’z faoliyatim davomida o’qish va ish faoliyatini bir biridan qanchalik boshqa ekanligini hamda ish jarayonining naqadar ma’suliyatli ekanligini his qildim. Rahbar  bo’lib tayinlanganim tufayli joylarda holat bilan tanishib so’ngi yillardagi sog’liqni saqlash sohasidagi o’zgarishlar va yangilanishlar va shu bilan bir qatorda hali qilinishi kerak bo’lgan ishlar va tizimdagi kamchiliklar guvohi bo’ldim!

Bularning  barchasi yaqin orada o’qishni tamomlab ish boshlashga juda katta tayyorgarlik vazifasini bajardi. Xato va kamchiliklardan ham o’zimga to’g’ri xulosa chiqarib men shu xatolarga yo’l qo’ymaslikka ahd qildim. Bu o’n kunlikni tashkil qilib bergan viloyatimiz hokimi Sh.Abdurahmonovga o’z minnaddorligimni bildiraman! Bizga shunday ishonch bildirib imkoniyat berganingiz uchun katta rahmat!

Kelajakda Andijon sog’liqni saqlash tizimiga o’z hissamni qo’shishga va rivojlantirishga va’da beraman!

Davronbek Komilov

ADTI Pediatriya fakulteti 614-guruh talabasi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!