alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR TURAR JOYIDA “BILIM VA TAFAKKURIMIZ – SHU EL UCHUN, SHU YURT UCHUN!” SHIORI OSTIDA TADBIR TASHKIL QILINDI

22:19 09.06.2023

“Yoshlar oyligi” doirasidagi “Bilim va tafakkurimiz – shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida Andijon davlat tibbiyot institutining talabalar turar joyida “Maʼnaviyat oqshomi” kechasi o‘tkazildi.

Andijon davlat tibbiyot instituti, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Andijon shahar boʻlinmasi Andijon shahar “Nuroniy” jamgʻarmasi kengashi hamda Z.M.Bobur nomidagi viloyat musiqali, drama teatri hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbir barchaga zavq ulashdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, soʻz Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Andijon shahar boʻlinmasi rahbari R.Joʻraboyeva, Nuroniy jamgʻarmasi Andijon shahar kengashi faoli I.Ahmedovlar o‘zlarining hayotiy tajribalari asosida yoshlarni yaxshilik va ezgulikka chorlovchi hikmatlardan so‘zladilar.

Ma’naviyat oqshomida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti faollari ham o‘zlarining chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

Z.M.Bobur nomidagi viloyat musiqali, drama teatri aktyor va aktrisalari tomonidan shoh va shoir, Andijon farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi aks ettirilgan spektakl namoyish etildi. Bu yoshlarimizga tarix zarvaraqlariga o‘z nomlarini muhrlab ketgan ajdodimizning timsolini yana bir karra yodga olish va ularning vatan sog‘inchini his etish imkoniyatini berdi.

Tadbirga yosh ijodkor D.Rahmatova tomonidan kuylangan qo‘shiqlar o‘zgacha fayz kiritdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!