Andijon davlat tibbiyot institutida 2023/2024-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalarini Talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha onlayn ro‘yxatga olish https://hostel.adti.uz/ maxsus platformasi orqali amalga oshiriladi. Onlayn navbatga turish joriy yilning 15-avgust kuniga qadar davom etadi. Taqdim etilgan ma’lumotlar ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilganidan so‘ng mezon talablariga mos kelgan talabalarga 20-avgust kuniga qadar xabar beriladi.
Talabalar turar joylariga joylashmoqchi bo‘lgan talabalar quyidagi mezonlar asosida ro‘yxatdan o‘tadi:
√ Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar);
√ Chin yetimlar (ota-onasi vafot etgan, vasiylik va homiylikka olingan yetimlar);
√ I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
√ “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi (https:// my.gov.uz) orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila farzandlari (Bunda, axborot tizimiga 2023-yilda kiritilgan oilalar hisobga olinadi);
√ Uzoq viloyatlardagi talabalar (Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan tashqari)
IZOH: Talabalar turar joylariga 1-bosqich talabalarini joylashtirish (2023/2024-o’quv yili) qabul natijalari rasman e’lon qilinganidan so‘ng amalga oshiriladi.