Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TALABALIKKA BAGʻISHLOV” TADBIRI KOʻTARINKI RUHDA OʻTKAZILDI

15:46 09.09.2022

Tadbir avvalida institut rektori M.Madazimov minglab abituriyentlar ichida oʻz bilimi bilan talabalar safidan joy olgan birinchi bosqich talabalarini birinchi oʻquv jarayoni bilan muborakbod etdi.

Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi bilan start olgan tadbirda prorektorlar, professor-oʻqituvchilar, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Anʼanaga muvofiq, institutning iqtidorli yoshlaridan “Bilimlar kaliti” va “Reyting daftarchasi”ni birinchi bosqich talabalari tantanali qabul qilib oldilar hamda Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi boʻlganliklaridan xursand ekanliklari, kelajakda oʻz bilimlari bilan yuqori marralarni egallashlarini taʼkidlab oʻtdilar. Professor-oʻqituvchilar va ota-onalar ham soʻz olib, yoshlarga omad tiladilar.

 

 

Tadbirning avj nuqtasi boshlandi. Birinchi bosqich talabalari “Talabalikka bagʻishlov” qasamyodini qabul qildilar.

Shuningdek,  talablarning ilk tibbiy koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida “Life support team” jamoasining bemorga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatishning amaliy usullari koʻrsatib berildi. “Ulfatlar” jamoasining xajviy dasturlari, sanʼatsevar talabalar tomonidan ijro etilgan qoʻshiqlar va raqslar tadbirga oʻzgacha fayz kiritdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!