alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Tanishing, Respublika fan olimpiadasi g‘oliblari. Mohinurbonu Zakirova: “Biz ishonchni oqlaymiz!”

11:07 30.06.2020

Assalomu-alaykum, ustozlar, aziz tengdoshlar!
Bugun yurtimizda yana bir bayram – “Yoshlar kuni” tantanali nishonlanmoqda. O‘zbekiston yoshlarining bayrami barchangizga muborak bo‘lsin!
Men Namangan shahrida tavallud topganman. Musiqa, sportning suzish, stol tennisi va boshka turlariga, kitob o‘qishga kizikaman. Musiqa maktabining fortepiano yo‘nalishini bitirganman, Yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladigan bir qator tanlovlarida muvaffaqiyatli qatnashganman. Hukumatimiz, shaxsan Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga qaratigan e’tibor, g‘amxo‘rliklarni har lahzada xis qilib turaman.

Tibbiyotga yoshligimdan qiziqaman. Orzularimga erishib Andijon davlat tibbiyot institutining talabasi bo‘ldim. Institutimizda biz talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Biologiya kafedrasi qoshidagi  “Yosh biolog” to‘garagi a’zosiman.
Ilmiy rahbarim Kimsanoy Mo‘minova ko‘magida bu yil onlayn ravishda o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida  biologiya fanidan faxrli I-o’rin egalladim.
Men ishonamanki, yurtimiz yoshlari xalqimiz ishonchini hamisha oqlaymiz!
Yoshlar bayram barchaga muborak bo‘lsin!     

Moxinurbonu Zakirova

ADTI 1-boskich talabasi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!