TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSIYALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSIYALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZI

TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSIYALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZI

Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi (TIQQM) 2021-yilning 9-aprelida Andijon davlat tibbiyot instituti bazasida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi va Agentlik qoshidagi “IP-Center” davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan innovatsion tuzilma hisoblanadi.

TIQQM O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi 3365-son Qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” va 2017-yil 6-oktyabrda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi o‘rtasida imzolangan «O‘zbekiston Respublikasida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish bo‘yicha Memorandum» larga asoslangan holda tuzilgan.

TIQQM maqsadi – intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish sohasida TIQQMlari xizmatlaridan foydalanuvchilarga axborot va ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish orqali O‘zbekiston Respublikasining innovatsion salohiyatini oshirish.

TIQQMning vazifalari:

– ixtirolar va foydali modellar bo‘yicha patent olish, jumladan RST protsedurasi bo‘yicha patentlarni xalqaro muhofaza qilishga ko‘maklashish;

– ilmiy-texnik axborotlardan, jumladan intellektual mulk sohasidagi ixtisoslashtirilgan ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, innovatsion faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlari va individual ixtirochilarga IMA hamda BIMTning patent va nopatent axborot resurslari, shuningdek, boshqa axborot resurslariga kirish imkoniyatiga erishishda yordam ko‘rsatish orqali mamlakatning innovatsion taraqqiyotiga xizmat qilish;

– intellektual faoliyat natijalarini yaratishni va ulardan samarali foydalanishni rag‘batlantirish;

– intellektual mulk natijalaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish nazariyasi hamda amaliyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar va o‘quv seminarlari tashkil etish, ularga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazishda, shuningdek, intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi asoslari to‘g‘risidagi ilmiy-uslubiy va axborot materiallarini tarqatishda ishtirok etish orqali jamiyatda innovatsion faoliyatni targ‘ib qilish va ommalashtirish;

– huquqiy muhofazaga ega bo‘lgan intellektual mulk obyektlarini ularni xalqaro bozorga kiritish bilan birga kelgusida kommertsializatsiya qilish maqsadida texnologiyalar transferini amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatish.

 

TIQQM oliygoh xodimlariga (bepul va birinchi navbatda), innovatsiyalar va texnologiyalarni tadbiq etish bo‘yicha kontragentlarga, shuningdek, chet tashkilotlar, xususiy tadqiqotchilar va boshqa barcha manfaatdor shaxslarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

– oliygohning, shuningdek, chet tashkilotlar, xususiy tadqiqotchilar va boshqa barcha manfaatdor shaxslarning ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va boshqa turdagi innovatsion faoliyati natijalari uchun patent olishga talabnoma materiallarini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlar;

– texnik ma’lumotlardan foydalanish: BIMT va IMAning patent va nopatent ma’lumotlar bazasiga (jumladan, ishlanmalar va innovatsiyalar bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalar (ARDI) va ixtisoslashtirilgan patent ma’lumotlariga (ASPI) kirish imkoniyatini taqdim etish;

– topshirilayotgan talabnomalar sifatini yaxshilash va benuqsonligini oshirish, shuningdek, sanoat mulki ob’ektlari uchun patentlar sonini oshirish maqsadida patent qidiruvini amalga oshirishni o‘rgatish;

– ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda patent qidiruvini amalga oshirishda ma’lumotlarni qidirib topishga ko‘mak berish;

– O‘zbekiston Respublikasida, kelgusida RST protsedurasi bo‘yicha patentlarni xalqaro himoya qilish imkoniyati bilan huquqiy muhofazani olishda ko‘mak ko‘rsatish;

– sanoat mulki obyektlarini kommertsiyalizatsiya qilishda ular uchun litsenzion shartnomalarning imzolanishida konsultativ yordam ko‘rsatish;

– intellektual mulk sohasida TIQQMlar koordinatoridan qabul qilingan axborot materiallarini tarqatish;

– intellektual mulk sohasiga odi qonunchilik bo‘yicha umumiy ma’lumotlarni taqdim etish.

 

 

 

Bog‘lanish: 

Andijon davlat tibbiyot instituti Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi (TIQQM)

Abduraximov Abduxalim Xoliddin o‘g‘li

Manzil: 170127, Andijon sh., Y.Otabekov ko‘chasi, 1-uy.

Tel.: +99897-582-91-17

+99894-101-00-91

E-mail: abduhalimaka@mail.ru

Ish vaqti: Dushanba – Shanba 9:00 – 16:00

Tushlik: 13:00 – 14:00.

Yakshanba dam olish kuni

 

Skip to content Click to listen highlighted text!