Andijon davlat tibbiyot instituti mutaxassislarining navbatdagi tibbiy koʻrigi Shahrixon tumanidagi 64-OPda oʻtkazildi. Mazkur tadbirda 16 turdagi mutaxassisliklardan iborat 24 nafar xodimlar ishtirok etib, salomatligi 3-4-guruhlarga kiritilgan 381 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Koʻruvlar davomida 8 nafar bemor uy sharoitida tekshirildi, 114 ta bemorga ambulator sharoitda davolanishga, 4 nafar bemorga viloyat davolash muassasalariga yoʻllanmalar berildi. 32 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar tarqatildi. Tibbiy tekshiruvlarda 128 ta UTT, 116 ta EKG va 135 ta laborator tekshiruvlari oʻtkazildi.