Joriy yilning 6- iyul kuni viloyatimizda “Tokio sari yo‘l” ommaviy olimpiya kuni keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Andijon shahridagi “Bog‘i-Bobur” milliy bog‘ida “Men sportni sevaman” shiori ostida ommaviy sport tadbirlari tashkil etildi.
Ushbu tadbirda viloyatdagi Oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar ta’limi, umumta’lim maktablari o‘quvchi va talaba yoshlari faol ishtirok etdilar.
Shu kuni A.Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘ining yozgi Amfiteatrida gala-konsert o‘tkazildi. Gala-konsert davomida o‘tkazilgan sport tadbirlarida va musobaqalarida faol ishtirok etgan yoshlarga viloyat hokimining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbirlarda Andijon davlat tibbiyot institutining 100 dan ziyod professor-o‘qituvchilari hamda 300 dan ortiq talabalari faol ishtirok etdilar.