![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2021/04/photo_2021-04-20_18-26-41.jpg)
Oʼzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga 67 yil toʼldi. Shu boisdan pediatriya fakultetining dekan oʼrinbosari K. Baydullayev boshchiligida 3-bosqich talabalari Muhammad Yusuf ijod maktabida boʼldilar.
Unda talabalar maktab oʼquvchilari bilan ijodiy suhbat qildilar. Dastavval talabalar maktabda oʼquvchilarning bilim olishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganiga guvoh boʼldilar. Shoirning bir qator sheʼriy asarlarini mutolaa qilish barobarida talaba va oʼquvchilar oʼrtasida sheʼrxonlik tadbiri ham boʼlib oʼtdi.
Unda yoshlar Vatan, ota-ona, muhabbat va hayot tarannumi aks etgan sheʼrlarni maroq bilan oʼqidilar. Shuningdek, institut o’qituvchilari va o’quvchilar o’rtasida shaxmat-shashka sport turi bo’yicha musobaqa ham o’tkazildi.