Avval xabar berganimizdek, ayni damda “Universiada-2022” sport oʻyinlari davom etmoqda. Andijon davlat tibbiyot institutining sport zalida voleybol sport turi boʻyicha hududiy bosqich oʻtkazilmoqda. 10-oktabrdan 13-oktabrga qadar davom etadigan oʻyinlarda Fargʻona, Andijon va Namangan yoshlari gʻoliblik uchun kurash olib boradilar.
Musobaqalarning ochilish marosimida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Salohiddinov ham ishtirok etib, barcha talabalarga muvaffaqiyat tiladi.
Bugun Andijon va fargʻonalik talaba-qizlar bellashgan boʻlsalar, 3:0 hisobida bizning yoshlar gʻalaba qozonishdi. Endigi navbat Namangan va Fargʻonaning yigitlariga. Omad yor boʻlsin, aziz talaba-yoshlar!